Yangiliklar

2025-05-20

Ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olishda profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

topics-img

 

 

Ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olishda profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Aholi salomatligini saqlash va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon shahrida joylashgan dehqon bozori hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 Bozor hududidagi mahsulotlarning sanitariya talablariga muvofiqligi va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha monitoring ishlari tashkil etildi. Xususan, sut, go‘sht, kolbasa mahsulotlari, yarim tayyor xamirli mahsulotlar va turli tuzlamalarning sifat holati o‘rganildi.

👨 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar va sotuvchilarga ovqatdan zaharlanish xavfi, uni keltirib chiqaruvchi omillar hamda oldini olish choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati