Ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olishda profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
✔️ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon shahar bo‘lim xodimlari hamda bozor ma’muriyati xodimlari ishtirokida aholi salomatligini saqlash va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon shahrida joylashgan dehqon bozori hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 Xususan, sut, go‘sht, kolbasa mahsulotlari, yarim tayyor xamirli mahsulotlar va turli tuzlamalarning sifat holati o‘rganildi.
✔️ Savdo qiluvchilar va tadbirkorlarga belgilangan joylarda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishlari, maxsus kiyim-boshda savdo qilishlari, mahsulotlarni usti yopiq holatda saqlashlari, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari hamda muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini do‘konlarga saqlamaslik va mavsumiy kasalliklarni oldini olish to‘g‘risida kerakli tavsiyalar berildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati