Yangiliklar

2025-07-31

Parazitar va bakterial kasalliklarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda

topics-img

 

   

 

Parazitar va bakterial kasalliklarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Qorovulbozor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholining salomatligini muhofaza qilish maqsadida parazitar va bakterial kasalliklarning erta aniqlash uchun profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

 

🔬 Xususan, parazitologiya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan ish rejaga asosan 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilaridan gijja kasalliklarini aniqlash maqsadida tahlil namunalari olindi va laboratoriyada tekshiruv o‘tkazildi. Shuningdek, bakteriologiya laboratoriyasi tomonidan stafilokokk infeksiyasiga tekshiruv ishlari ham amalga oshirildi.

 

📌 O‘tkazilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati va tarbiyachilarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ovqat tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena normalarini buzmaslik bo‘yicha ogohlantirishlar berildi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati