⚡️"Parazitologik kasalliklarning tashxisi" mavzusida amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
‼️Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi mutaxassis xodimlari tomonidan Jondor tumanida bezgak, leyshmanioz, gijja kasalliklarning laboratoriya tashxisi epidemiologiyasi diagnostikasi bo‘yicha parazitologiya xodimlari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi. Shuningdek, maxsus eslatmalar yordamida parazitar kasalliklarning boshlang‘ich alomatlarida profilaktik tadbirlarning ahamiyati bo‘yicha tushuntirish berildi.
ESLATMA!
🐍 Parazitar kasalliklarni oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir inson quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:
1. Qo‘llarni muntazam ravishda sovunlab yuvishi, ayniqsa ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan so‘ng;
2. Sabzavot va ko‘katlarni yaxshilab yuvishi;
3. Go‘sht va baliq mahsulotlarini to‘liq pishirishi va xom holda iste’mol qilmaslik lozim.
🏥 Sanitariya me’yorlariga amal qilib, sog‘ligingizni asrang!