🍉🍋 Poliz mahsulotlari tarkibidagi nitrat miqdori tekshirildi.
✔️Sanepidqo'mita Buxoro viloyati Jondor tumani bo'limi laboratoriya mutaxassislari tomonidan “EKO bozor”da sotilayotgan poliz ekinlarining nitrat miqdorini tekshirish maqsadida mas’ul tashkilotlar hamkorligida tushuntirish ishlari olib borildi.
✔️Tadbir davomida bozordagi poliz mahsulotlari uskunalar yordamida azot nitrat moddasi miqdori tekshiruvdan o‘tkazildi.
✔️Tekshiruv natijalariga ko‘ra, mahsulotlardagi nitrat miqdori belgilanganligi me’yorida ekanligi aniqlandi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati