Qorako‘l tumanidagi dehqon bozorida sanitariya tadbirlari amalga oshirildi
❗️Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasining Qorako‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan bozor hududida qandolat va poliz mahsulotlari sotilayotgan joylarda sanitariya-me’yorlariga rioya qilinishi ta’minlanib, nazorat ishlari olib borildi. Shu bilan birga, mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
✅ Bozor hududida oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan joylar gigiyenik tozalik talablariga muvofiq holga keltirildi. Mahsulotlarning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik va atrof-muhitni toza saqlash maqsadida tozalash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
✅ Tez buziladigan mahsulotlar, xususan, tuzlama, parranda go‘shti, sut va sut mahsulotlari bilan savdo qilayotgan sotuvchilarga sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda rioya qilishlari uchun tavsiyalar berildi.