Yangiliklar

2026-08-13

⚡️⚡️ Rasmiy munosabat: Aholi murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

topics-img

Rasmiy munosabat: Aholi murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

📌 Buxoro shahrining I. Karimov va Alpomish ko‘chalari kesishmasida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyati bilan bog‘liq holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lganligi munosabati bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro shahar bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur tadbirkorlik subyekti rahbari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Tadbirkorlik subyekti rahbarining tashabbusiga ko‘ra, kabob tayyorlash jarayonida hosil bo‘ladigan tutun va hidlarning atrof-muhitga hamda aholi osoyishtaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlash maqsadida mavjud dudbo‘ron tizimi belgilangan talab va me’yorlarga muvofiq holatga keltirilgunga qadar ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni amalga oshirmaslikka qaror qilindi.

 

✅ Mazkur masala tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, sanitariya-gigiyena talablari va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati