🔬 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan "Obod" MFY hududida sanitariya-epidemiologik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
✔️ Jondor tumani "Obod" MFY hududida yuqumli va parazitar kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish maqsadida xonadonlarda suhbatlar olib borilib, eslatma varaqalari tarqatildi hamda maxsus dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
O‘tkazilgan tadbirlar va mutaxassislarning bergan tavsiyalariga asosan, xonadonlarning umumiy holatini yaxshilash hamda insonlarning sog‘lig‘ini saqlashga yordam berilishi ta’kidlangan.
✔️ Xususan, aholining sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan bunday tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati