Yangiliklar

2025-04-02

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Qorako‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan dehqon bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bordi.

topics-img

   

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Qorako‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan dehqon bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganishlar davomida, bozordagi mahsulotlarning sanitariya talablariga mosligi va xavfsizlik ko‘rsatkichlari monitoring qilindi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash mahsulotlarni amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalari talablari asosida amal qilgan holda sotilishi ta’kidlab o‘tildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tashish va sotish bilan band bo‘lgan bozor xodimlari, tarozichilar, go‘sht chopuvchilar, sotuvchilarga bozor hududida sanitariya qoidalariga amal qilishi kerakligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati