📢 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan "Bakteriologiya" sayyor sikl malaka oshirish kursi yakuni bo’yicha test hamda og‘zaki sinovlar o’tkazildi.
🔍 Mazkur yakuniy imtihon natijalariga ko’ra, ishtirokchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholash, 1 oy davomida zamonaviy ilg’or texnologiyalar asosida amalga oshirilgan dars jarayonlari samarasi deb aytish mumkin.
✅ Sinov natijalari orqali malakali va zamonaviy talablar darajasida tayyorlangan kadrlar safi yanada kengayishiga xizmat qiladi.