#sayyor_qabul
#diqqat_diqqat
‼️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘ining navbatdagi Jondor tumanida aholini qiynayotgan sanitariya-epidemiologik muammolarni o'rganish va ularga yechim topish yuzasidan sayyor qabuli o'tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar! Sizning Jondor tumanidagi sanitariya-epidemiologik muammolarni aniqlash va ularga yechim topish uchun qilgan murojaatingiz juda muhim.
‼️Agar sizda muammolar mavjud bo‘lsa, joriy yilning 12-iyun (payshanba) sanasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘i Ashur To‘xtayev tomonidan Jondor tumani "Oxshix" MFY binosida sayyor qabul o‘tkaziladi.
⏰ Qabul soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati