Yangiliklar

2025-07-18

#sayyor_qabul #diqqat_diqqat

topics-img

‼️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘ining navbatdagi Romitan tumanida aholini qiynayotgan sanitariya-epidemiologik muammolarni o'rganish va ularga yechim topish yuzasidan sayyor qabuli o'tkaziladi.

Hurmatli fuqarolar! Sizning Romitan tumanidagi sanitariya-epidemiologik muammolarni aniqlash va ularga yechim topish uchun qilgan murojaatingiz juda muhim. 

‼️Agar sizda muammolar mavjud bo‘lsa, joriy yilning 21-iyul (Dushanba) sanasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘i Ashur To‘xtayev tomonidan Romitan tumani  Amir Temur ko‘chasi 17-uy, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining  Romitan tuman binosida  sayyor qabul o‘tkaziladi.

⏰ Qabul soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati