SAYYOR QABUL – MUAMMOLAR YECHIMI
‼️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi Peshku tumani aholisini qiynayotgan sanitariya-epidemiologik muammolarni o'rganish va ularga yechim topish yuzasidan sayyor qabuli o'tkazildi.
🔹Tuman aholisi uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda Sanepidqo’mita Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘i o'rinbosari U. Jo'rayev, Xalq qabulxonasi xodimi A.Boltayev, Peshku tuman bo’limi boshlig’i M.Rahimboyev tomonidan hamda tuman bo'limlari vakillari ham ishtirok etdi.
🔹Aytish joizki, har oyda bir marta o‘tkazilayotgan sayyor qabullar va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, og‘irini yengil qilish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.
🔹 Ma’lum vaqt hamda atroflicha o‘rganishni talab etadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar, murojaat qiluvchilarga zarur tushuncha va tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sanepidqo'mita Buxro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati