Yangiliklar

2026-07-16

SAYYOR QABUL – MUAMMOLAR YECHIMI

topics-img

SAYYOR QABUL – MUAMMOLAR YECHIMI


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi Romitan tuman aholisini qiynayotgan sanitariya-epidemiologik muammolarni o‘rganish va ularga yechim topish yuzasidan sayyor qabuli o‘tkazildi.

 

 

🔹Tuman aholisi uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘i  A.To‘xtayev hamda tuman bo‘limlari vakillari ham ishtirok etdi.

 

 

🔹Sayyor qabulda murojaatlar tinglanib, ba’zi masalalar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi, yechimi vaqt talab etadigan masalalarni o‘rganish uchun soha mutaxassislariga  topshiriqlar berildi va nazoratga olindi.


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati