📍 Mahalla fuqarolari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
‼️ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi mutaxassislari hamda patronaj hamshirasi tomonidan “Shanba” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yoz mavsumida ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅ Suhbat davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
➖ yozning issiq kunlarida oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish;
➖ shaxsiy gigiyena qoidalariga, xususan qo‘llarni sovunlab yuvish va idish-tovoqlarni o‘z vaqtida tozalash;
➖ qaynatilmagan suv iste’mol qilmaslik hamda meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish;
➖ yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlashning ahamiyati va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish.
✅ Tadbir yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda yoz mavsumida sog‘liqni saqlash va yuqumli kasalliklardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati