Yangiliklar

2026-07-13

📍 "Xavfli obyektlarda profilaktika oyligi – "Dolzarb 30 kun" doirasida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

topics-img

📍 "Xavfli obyektlarda profilaktika oyligi – "Dolzarb 30 kun" doirasida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

 

 

🔹 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Romitan tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Xavfli obyektlarda profilaktika oyligi – "Dolzarb 30 kun" tadbirlari doirasida Sho‘robod MFY hududidagi aholi xonadonlarida targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

 

🦠 Tadbir davomida fuqarolarga yoz mavsumida uchrashi mumkin bo‘lgan yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash, ichimlik suvidan xavfsiz foydalanish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

 

📌 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan xonadonlarda sanitariya holatini yaxshilash, hasharot va kemiruvchilar ko‘payishining oldini olish, chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati