“Sohibkor” dehqon bozorida sanitariya-targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi
❗️Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasining Kogon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan “Sohibkor” dehqon bozori hududida tuzlama, parranda go‘shti, sut va sut mahsulotlari bilan savdo qilayotgan sotuvchilarga sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligi to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
📌 Tadbir davomida mahsulotlar chang, hasharotlar yoki boshqa tashqi ta’sirlardan himoyalangan holda saqlanishi, savdo rastalari muntazam ravishda tozalanishi hamda bozor hududining sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratilishi kerakligi ta’kidlandi.
✅ Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash joylari gigiyenik talablarga muvofiq bo‘lishi, mahsulotlar toza, yopiq idishlarda saqlanishi hamda sotuvchilar shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy rioya qilishi lozimligi bo‘yicha tushunchalar berildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati