✔️Yozgi cho‘milish mavsumini yo‘qotishlarsiz o‘tkazish, aholi, ayniqsa yoshlarning hushyorligini oshirish va korxona - tashkilotlarning hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida, Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasida “Suv havzalarida aholi xavfsizligini ta’minlash” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
✔️Seminar davomida, Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘lim xodimi R. Bekmurodov, Fuqaro muhofazasi mutaxassisi A. Ozodov, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Irrigatsiya tizimi, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, shahar va tumanlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi xodimlari va suzish havzalarining cho‘milish bo‘yicha instruktorlari tarkibidan 70 dan ortiq ishtirokchi jalb etildi.
✔️Shuningdek, seminar yakunida suv havzalaridan va cho‘milish basseynlaridan foydalanish holatini doimiy ravishda nazorat qilish, u yerda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, muntazam ravishda bakteriologik va sanitar-gigiyenik tahlillarni amalga oshirish zarurligi to‘g‘risida suhbat olib borildi.
✔️Mutaxassislar tomonidan suv orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar, ularning tarqalish sabablari va oldini olish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati