Yangiliklar

2025-07-25

🔬 Virusli gepatit kasalligining oldini olish choralari to‘g‘risida seminar tashkil etildi

topics-img

     

 

🔬 Virusli gepatit kasalligining oldini olish choralari to‘g‘risida seminar tashkil etildi.

️ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi epidemiologiya bo‘lim mudiri K.Rizoyev, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi O‘. Xolov, SSB mutaxassis xodimi hamda infeksionist vrach xodimlari boshchiligida aholi o‘rtasida o‘tkir virusli gepatit kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat barqarorligini ta’minlash masalasida ma’ruza qilindi.

 

️ Virusli gepatit kasallikning oldini olish to‘g‘risida aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yanada ko‘paytirib, nazoratni kuchaytirish bo‘yicha mutasaddi xodimlarga zarur topshiriq va vazifalar berildi.

 

🏥  Seminar yakunida virusli gepatit A, B, C, D, E turlari kasalligi yuqishining oldini olish tadbirlari bo‘yicha aholi o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish kerakligi to‘g‘risida tavsiyalar berildi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati