Yangiliklar

2025-07-28

Virusli gepatit kasalliklarini oldini olish maqsadida sanitariya-targ‘ibot ishlari amalga oshirildi

topics-img

 

 

🎯 Virusli gepatit kasalliklarini oldini olish maqsadida sanitariya-targ‘ibot ishlari amalga oshirildi

📍 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Qorako‘l tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Jig‘achi qishlog‘ida aholi o‘rtasida virusli gepatit A, B, C turlari va jigar kasalliklarini oldini olish maqsadida sanitariya-targ‘ibot ishlari olib borildi.

📍 Ushbu targ‘ibot tadbiri davomida, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, qishloq vrachlik punktlari hamshirasi, oilaviy shifokorlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari ishtirok etdilar.

🎯 Mutaxassislar tomonidan virusli gepatitlarning yuqtirish yo‘llari, klinik belgilari, ularning jigar faoliyatiga salbiy ta’siri, emlashning ahamiyati va sog‘lom turmush tarzining zarurligi to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazildi va amaliy tavsiyalar berildi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati