Yangiliklar

2026-07-20

📍 Vobkent tumanida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi

topics-img

📍 Vobkent tumanida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi

Sanepidqo‘mita Vobkent tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Quruvchi MFYda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida xonadonlarda targ‘ibot ishlari olib borildi.

🔷 Aholiga yuqumli kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🔷 Shuningdek, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish hamda emlashning inson salomatligidagi ahamiyati haqida tushuntirishlar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati