Yangiliklar

2025-04-28

Ziyoratgohlarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

topics-img

    

Ziyoratgohlarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

📌 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi dezinfektor xodimlari tomonidan tumanda joylashgan Anjirbog‘ MFY, Anjirbog‘ qishlog‘i ziyoratgohida yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

⚠️ Dezinfeksiya paytida mutaxassislarimiz tomonidan barcha mebellar, kirish yo‘laklari, tahoratxonalar, qo‘l yuvish xonalari va hojatxonalar dezinfeksiya qilindi.

Dezinfeksiya ishlari orqali odamlar orasida infeksiyalarning tarqalishini oldini olish hamda ular uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish maqsadida barcha zarur choralar ko‘rildi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati