30-iyun — Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
📌 Har yili mamlakatimizda keng nishonlanadigan 30-iyun – Yoshlar kuni nafaqat bayram, balki yosh avlodga bo‘lgan yuksak e’tibor, mehr va g‘amxo‘rlikning yorqin timsolidir.
Bu sana O‘zbekiston yoshlariga bildirilayotgan yuksak ishonch, ularning orzu-umidlariga qanot bag‘ishlash va kelajak sari dadil intilishlarini qo‘llab-quvvatlashning amaliy ifodasidir.
🌱 Bugungi kunda yurtimiz yoshlari:
📚 ilm-fan va ta’limda;
🏆 sport va san’atda;
💻 zamonaviy texnologiyalar sohasida;
🚀 tadbirkorlik va innovatsion yo‘nalishlarda ulkan yutuqlarga erishmoqda.
Yoshlarimiz xalqaro olimpiada va musobaqalarda munosib ishtirok etib, Vatanimiz sharafini yuksaltirmoqda. Ularning bilim, salohiyat va tashabbuslari mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati