Qorako‘l tuman dehqon bozorida go‘sht mahsulotlarining sanitariya holati o‘rganildi
📌 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Qorako‘l tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman dehqon bozorida go‘sht mahsulotlarining saqlanishi, sotilishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
🔎 O‘rganish jarayonida:
🥩 go‘sht mahsulotlarining sifati va saqlash sharoitlari;
🌡 belgilangan harorat rejimiga rioya qilinishi;
🧼 savdo rastalarining sanitariya holati;
👨⚕️ sotuvchilarning shaxsiy gigiyena talablariga amal qilishi ko‘zdan kechirildi.
📋 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati