📌Aholi salomatligini himoya qilish maqsadida profilaktik sanitariya ishlari olib borildi
📌Aholi o‘rtasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda xavfsiz muhit yaratish maqsadida Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Gulshanobod MFY, Begijo‘g‘i qishlog‘ida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.
🧴 Tadbir davomida hududlarda sanitariya holati o‘rganilib, belgilangan tartib asosida zararsizlantirish ishlari olib borildi.
👨⚕️ Mutaxassislar tomonidan aholi bilan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, atrof-muhit tozaligini saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish va tavsiya ishlari amalga oshirildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati