Yangiliklar

2026-06-26

📌 Salqin ichimliklar saqlanishi bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi

topics-img

olib borildi

 

🌡 Havo haroratining yuqoriligi sababli savdo obyektlarida oziq-ovqat mahsulotlari, xususan salqin ichimliklarning sanitariya talablariga muvofiq saqlanishi yuzasidan profilaktik nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

🔎 Tadbirlar davomida savdo do‘konlarida quyosh nuri ostida saqlanayotgan salqin ichimliklarning holati o‘rganilib, mahsulotlarni belgilangan harorat sharoitida, salqin va himoyalangan joylarda saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

 

🧴 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Sohibkor EKO bozori hamda bekatlar atrofidagi savdo nuqtalarida sotuvchilarga sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, mahsulot sifatini saqlash va iste’molchilar salomatligini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati