OSHPda sanitariya-gigiyena nazorati tadbirlari o‘tkazildi
📌 Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish hamda sog‘lom sanitariya-gigiyena muhitini ta’minlash maqsadida Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Yangiobod oilaviy shifokorlik punktida kompleks sanitariya nazorati o‘tkazildi.
🔎 Nazorat davomida tibbiyot muassasasining umumiy sanitariya-gigiyena holati, sterilizatsiya jarayonlariga rioya etilishi, tibbiyot xodimlarining ish sharoitlari hamda infeksiya profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🧪 Shuningdek, laboratoriya tekshiruvlari uchun yuvma-surtma (smiv) namunalari olindi.
✅ Nazorat yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berilib, sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati