📌 Rejadan tashqari tekshiruv ishlari o‘tkazildi
🏥 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlari mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida rejadan tashqari tekshiruvlar tashkil etildi.
✅ Jumladan, tug‘ruq va ginekologiya bo‘limlari, tug‘ruqxonalar, perinatal markazlarining sanitariya-gigiyena holati, epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash choralari, shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅ Tekshiruvlar davomida tibbiyot muassasalarida sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi, tibbiy chiqindilarni boshqarish, dezinfeksiya tadbirlarining tashkil etilishi, tibbiy asbob-uskunalarning sterilligi hamda xodimlarning gigiyena talablariga amal qilishi nazoratdan o‘tkazildi.
📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni mustahkamlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati