📌 Muzqaymoq savdosida sanitariya talablariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
🍦 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Olot tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida muzqaymoq sotuvchilari o‘rtasida profilaktik va sanitariya targ‘ibot ishlari olib borildi.
🔎 Tadbir davomida muzqaymoq mahsulotlarini:
❄️ belgilangan harorat sharoitida to‘g‘ri saqlash;
📦 mahsulotlarning yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sanasini nazorat qilish;
🧼 sotuv joylarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish;
🧊 sovutish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish;
🛒 mahsulotlarni iste’molchiga xavfsiz va belgilangan tartibda realizatsiya qilish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
👩⚕️ Mutaxassislar tomonidan issiq ob-havo sharoitida tez buziluvchan oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratish lozimligi, saqlash qoidalariga amal qilinmasa inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati