Yangiliklar

2026-08-05

📍Aholi salomatligini himoya qilish maqsadida profilaktik sanitariya ishlari olib borildi

topics-img

📍Aholi salomatligini himoya qilish maqsadida profilaktik sanitariya ishlari olib borildi
 

📌«Xavfsiz va sog‘lom yurt oyligi» doirasida Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Romitan tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan "G'azberon" MFY hududida yashovchi aholi xonadonlarida atrof-muhit tozaligini saqlash va sanitariya osoyishtaligini ta’minlash maqsadida tizimli nazorat tadbiri o'tkazildi.

 


 🧴 Tadbir davomida hududlarda sanitariya holati o‘rganilib, belgilangan tartib asosida zararsizlantirish ishlari olib borildi.


 

👨‍⚕ Mutaxassislar tomonidan mahallalar hududida sanitariya qoidalari va me’yorlarini buzgan, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlagan fuqarolarga ogohlantirishlar berilib,qoidabuzarlik sodir etgan fuqarolardan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati