Yangiliklar

2026-08-05

🏡 Mahallalarda sanitariya targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

topics-img

🏡 Mahallalarda sanitariya targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi Peshku tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish hamda epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida "mahallabay" ishlash tizimi asosida profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.



 


📍 Tadbirlar doirasida tumandagi "Talisobun" MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.
 

✅ Tadbir yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda yoz mavsumida sog‘liqni saqlash va yuqumli kasalliklardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati