📌 Obodonlashtirish oyligi doirasida yig‘ilish o‘tkazildi
⭕️ Obodonlashtirish oyligi munosabati bilan Buxoro viloyati Vobkent tumani hokimi tomonidan "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tuman bo‘limi boshlig‘i A. Norov, "Do‘stlik" MFY raisi hamda mahalla faollari va tegishli mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.
♻️ Tadbir davomida hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, sanitariya va ekologik holatni yanada yaxshilash, ko‘cha va jamoat joylarini ozoda saqlash, maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va olib chiqish, aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🌱 Bundan tashqari, mahalla hududida tozalikni ta'minlash, obodonlashtirish ishlarida fuqarolarning faol ishtirokini rag‘batlantirish hamda sanitariya talablariga qat'iy rioya etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati