🏠 Aholi xonadonlarida profilaktik targ‘ibot tadbirlari
📍 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Oytug‘di mahallasida aholi xonadonlarida sanitariya va kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
🦠 Targ‘ibot davomida aholiga VGA (virusli gepatit A), VPCh (inson papilloma virusi) hamda BFQ profilaktikasi, kasalliklardan himoyalanish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
📢 Shuningdek, kasalliklarning oldini olishda profilaktik choralariga amal qilish, shaxsiy gigiyenaga rioya etish va salomatlikka e’tiborli bo‘lish tavsiya etildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati