Yangiliklar

2026-09-24

RASMIY MUNOSABAT

topics-img

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Varnet” MCHJ faoliyati bilan bog‘liq videolavha tarqalganligi yuzasidan Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan holat o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Varnet” MCHJning ovqatlanish bo‘limida korxona xodimlari tomonidan sanitariya-tozalik ishlarining olib borilishi nazorat qilindi.

Mas’ullarga ovqatlanish bo‘limida aholi va xodimlar gavjum bo‘lmagan vaqtlarda har kuni sanitariya-tozalik ishlarini muntazam tashkil etish, shuningdek, suvarak va boshqa zararli hasharotlarga qarshi dezinseksiya va dezinfeksiya tadbirlarini belgilangan tartibda o‘tkazish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlash jarayonlarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tushuntirishlar berildi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati