Yangiliklar

2026-09-22

RASMIY MUNOSABAT

topics-img

RASMIY MUNOSABAT
♻️ Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning nonvoyxonada xamir qorish jarayonida tamaki mahsulotini iste’mol qilayotgani aks etgan holat yuzasidan murojaat tarqaldi.
📌 Mazkur holat Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro shahar bo‘limi mutaxassisi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinmagani aniqlandi.
Holat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rilib, fuqaro nomiga MJTKning 53-moddasi bilan jarima qo‘llanildi.
‼️ Ta’kidlash joizki, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi obyektlarda xodimlarning shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishi, hamda sanitariya talablariga amal qilishi shart.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati