🏠 Xonadonlarda profilaktik targ‘ibot ishlari
📍 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Talaliyon” MFY hududidagi xonadonlarda aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlari tashkil etildi.
🦠 Targ‘ibot davomida aholiga ovqatdan zaharlanish, botulizm, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🍽 Shuningdek, konserva mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasiga qat’iy rioya qilish, ularni to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish, oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
🧼 Shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, tozalikni saqlash va kasalliklarning dastlabki belgilari kuzatilganda o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilish zarurligi haqida aholiga ma’lumotlar yetkazildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati