Yangiliklar

2026-09-22

SAYYOR QABUL – MUAMMOLAR YECHIMI

topics-img

SAYYOR QABUL – MUAMMOLAR YECHIMI

 

‼️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Buxoro shaharda o‘tkazildi.

 


👥 Sayyor qabul davomida 5 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Har birining  murojaati tinglanib, shundan 2 ta murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

📊 Murojaatlar bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi, yechimi vaqt talab etadigan masalalarni o‘rganish yuzasidan soha mutaxassislariga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.



Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati