💧 SUVNI TEJASH — HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ!
🚰 Tish yuvayotganingizda jo‘mrakni ochiq qoldirsangiz, bir daqiqada 20 litrgacha suv sarflanishi mumkin.
💧 Tomchilayotgan jo‘mrak esa bir sutkada 24 litrgacha suvni behuda sarflaydi.
🌊 Sekin oqayotgan suv ham bir sutkada 200 litrgacha suv sarflanishiga olib kelishi mumkin.
🏫 Ushbu ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish maqsadida Buxoro shahridagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida suvni tejash va undan oqilona foydalanishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
💦 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, “O‘zsuvta’minot” AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mutaxassislari hamkorligida o‘tkazildi.
📚 Tadbir davomida o‘quvchilarga suvni tejash, undan oqilona foydalanish, suvning behuda sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushunchalar berildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati