Yangiliklar

2026-08-03

📍 Mahalla fuqarolari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

topics-img

📍 Mahalla fuqarolari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Latifsobungar ” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yoz mavsumida ovqatdan zaharlanish va yuqumli kasalliklarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.


 


✅ Suhbat davomida

🥘 yozning issiq kunlarida oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish;
🧼 shaxsiy gigiyena qoidalariga, xususan qo‘llarni sovunlab yuvish va idish-tovoqlarni o‘z vaqtida tozalash;
🚰 qaynatilmagan suv iste’mol qilmaslik hamda meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish;
💉 yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlashning ahamiyati va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish;
🛡 o‘ta xavfli yuqumli kasalliklardan himoyalanish uchun alohida e'tibor qaratildi.


 
✅ Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Shuningdek, aholining sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirishga qaratilgan  bukletlar tarqatildi.



Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati