O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari yuqishidan saqlaning!
🚽O‘tkir diareya kasalligi tez yuquvchi kasallik bo‘lib, holsizlanish, bosh va qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynib qayt qilish ichning suyuq va tez-tez ketishi bilan kechadi.
✔️ Idish tovoqlarni yuvuvchi vositalar bilan uyushgan jamoatlarda qo‘shimcha 0.2-0.5% xlorli aralashma bilan birgalikda yuving.
🍜 Hududlar, ovqatlanish obyektlari hamda umumiy foydalanish joylarining tozaligi va sanitariya holatini saqlab turing.
✔️ O‘zingiz va bolangizning tirnoqlarini o‘z vaqtida olib, bolangiz qo‘llarini doimo toza tutishga o‘rgating.
🍎 Meva va sabzavotlarni toza ichimlik suvida (iloji bo‘lsa qaynagan suvda) yuvib iste’mol qiling.
❗️ Eslatib o‘tamiz, chiqindi tashlash joylarni tez-tez dezinfeksiya vositalari bilan zararsizlantirib turing.