Yangiliklar

2025-06-12

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlariga yechim topilmoqda

topics-img

 

    

 

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlariga yechim topilmoqda

 

‼️ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i, Respublika ishchi guruhi vakillari hamda Jondor tumani hokimining 1-o‘rinbosari ishtirokida Jondor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning aksariyatiga joyida yechim topdi.

 

🔸 Jumladan, Oxshix mahallasida yashovchi S.Choriyeva uyida hasharotlar va pashshalar ko‘payib ketganidan shikoyat qildi.

 

🔹 Mazkur murojaat asosida mutasaddi tashkilotlar tomonidan tezkor chora ko‘rildi.

 

🔹 Jondor tuman mutaxassis xodimlari tomonidan xonadonda dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini olib borildi.

 

🔹Aytish joizki, har oyda ikki marta o‘tkazilayotgan sayyor qabullar va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, og‘irini yengil qilish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.