📢 Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
⚡ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Savdo Market" Plyus bozorida oziq-ovqat do‘konlari va ovqatlanish shoxobchalarida keng miqyosda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
✔ Tadbir davomida, oziq-ovqat mahsulotining ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash hamda sotish bilan bog‘liq faoliyatlari o‘rganildi.
‼ O‘rganish jarayonida bozor savdo xodimlariga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sanitar gigienik me’yor va qoidalarga rioya qilish, shuningdek, saqlash muddati, mahsulot harorati to‘g‘risida tavsiyalari berildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati