Toza qo‘llar – shaxsiy gigiyenaning asosiy omili!
Nega qo‘l yuvish muhim?
- Qo‘llarda ko‘plab mikroblar mavjud.
- Ular turli kasalliklarni yuqtirish xavfini oshiradi.
- Qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvish mikroblarni yo‘q qilishga yordam beradi.
Qo‘l yuvish joylarida bo‘lishi zarur:
- Toza oqar suv;
- Yetarli miqdorda sovun;
- Qo‘l artish uchun bir martalik qog‘oz sochiqlar;
- Chiqindilar uchun maxsus chelaklar;
- Gigiyena vositalari muntazam yangilanib turilishi lozim.
Qo‘l yuvish joylariga qo‘yiladigan talablar:
🔻Har kuni muntazam tozalash va dezinfeksiya qilish;
🔻Doimiy nazorat va gigiyena qoidalariga rioya qilish.
🔻Qo‘l yuvish joylari bolalar yoshi va boyiga mos bo‘lishi lozim.
Ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish punktlarini to‘g‘ri jihozlash sanitariya-gigiyena talablari bajarilishini ta’minlaydi va o‘quv jarayonida salomatligi bilan bog‘liq xavflarni kamaytiradi.