#sayyor_qabul
#diqqat_diqqat
‼️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘ining navbatdagi Buxoro shahrida aholini qiynayotgan sanitariya-epidemiologik muammolarni o‘rganish va ularga yechim topish yuzasidan sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar! Sizning Buxoro shahridagi sanitariya-epidemiologik muammolarni aniqlash va ularga yechim topish uchun qilgan murojaatingiz juda muhim.
‼️ Agar sizda muammolar mavjud bo‘lsa, joriy yilning 22-sentyabr (Seshanba) sanasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘i Ashur To‘xtayev tomonidan Buxoro shahrida Ahmad Donish MFY, M.Iqbol ko'chasi 15-uy, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro shahar binosida sayyor qabul o‘tkaziladi.
⏰ Qabul soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati