Immunizatsiya - bu organizmni ma’lum bir yuqumli kasallikka qarshi himoya qilish jarayonidir. U odatda vaksina yuborish orqali amalga oshiriladi. Immunizatsiya kasalliklarning oldini olishga yordam beradi, odamlarni o‘lim va og‘ir asoratlardan saqlaydi. Shuningdek, vaksinatsiya jamoaviy immunitetni shakllantiradi, bu esa zaif guruhdagi odamlarni ham himoya qilish imkonini yaratadi.
Butun respublikamizda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham haftalik uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Jumladan, haftalik doirasida Buxoro shahridagi 11-sonli poliklinikada emlash tadbirlari olib borildi. Emlashga jalb etilgan aholiga yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinatsiyaning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, hududlarda emlash tadbirlari hududiy poliklinikalarda bepul tarzda amalga oshirilmoqda.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati