Yangiliklar

2025-04-03

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati Qorako‘l tuman xodimlari tomonidan "Sayyod" MFY aholi xonadonlarida brutsellyoz kasalliklarning tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari am

topics-img

    

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati Qorako‘l tuman xodimlari tomonidan "Sayyod" MFY aholi xonadonlarida  brutsellyoz kasalliklarning tarqalishining oldini olish maqsadida   dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

 Brutsellyoz-zooantroponoz ya'ni hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin bo'lgan xavfli kasallik hisoblanadi.

Bu kasallik asosan quyidagi yo‘llar bilan yuqishi mumkin:

-  kasal hayvonning suti, siydigi, goʼngi, tushgan bolasi bilan tashqariga chiqadi, shu hayvonning goʼshtida ham boʼladi.

- organizmga brutsellalar hazm va nafas yoʼllarining shilliq pardalari, shikastlangan teri orqali tushadi.

- brutsellyoz bilan ogʼrigan molning xom suti va sut mahsulotlari (pishloq, moy), chala pishirilgan goʼshti isteʼmol qilinganda odamga yuqadi. 

- bahorgi qoʼy-echkilarni qoʼzilatish (toʼl) davrida kasallikni tarqatish va yuqtirib olish xavfi kuchayadi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati